Ayollar Salomatligi

Prokladkalar

3 daqiqa o'qish
Prokladkalar

Birinchi menstruatsiyadan boshlab prokladkalar har bir qiz hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Biroq, tanlov jarayonida qiyinchiliklarga duch kelish mumkin: bir gigiena vositasining boshqalaridan qanday farq qilishi har doim ham tushunarli bo’lavermaydi. Shu ma'noda, Kotex prokladkalari har doim ajoyib yechim bo'ladi. Ularning o'ziga xosligi nimada? Ularni xarid qilib, quyidagilarga ishonch hosil qilishingiz mumkin: - ular sifatli materiallardan tayyorlangan; - ular doimiy ravishda yuqori darajadagi himoyani ta'minlaydi; - ular innovatsion – zamonaviy texnologiyalar tufayli samarali ishlaydi; - ular ayna sizga mos keladi, chunki assortiment maksimal darajada keng. Ushbu maqolada biz ideal Kotex prokladkalarini qanday tanlash va ulardan qanday foydalanish haqida batafsilroq aytib beramiz.

Kotex prokladkalarining turlari: xususiyatlari va tanlash bo'yicha maslahatlar.

Kotex brendi ko'plab variatsiyadagi prokladkalarni taklif qiladi. Siz ajralma turiga, uning intensivligiga va shaxsiy afzalliklaringizga qarab ularni tanlashingiz kerak. Kotex prokladkalari 4 qatorga bo'linadi:

  • Kotex Young
  • Kotex Ultra
  • Kotex Natural
  • Kotex Ultra Soft

Bizning gigiyena vositalari assortimentimizda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish uchun ushbu qo'llanmadan foydalaning.

Sizga menstruatsiya davrida hech qanday maxsus afzalliklar yoki ehtiyojlarsiz faqat yuqori sifatli himoya kerakmi? Markazi Fast Absorb namlikni so’ruvchi texnologiyasiga ega bo’lgan va yumshoq to'rli yuzaga ega bo’lgan Kotex Ultra mos keladi.

Siz menstrual sikl bilan endigina tanishayotgan yosh qizmisiz? Kotex Young – siz izlagan narsa! Prokladkalar tanaga benuqson tarzda yopishib turadi va Fast Absorb texnologiyasi tufayli samarali so'riladi. Ular, shuningdek, ultra nozik va kiyim ostida bilinmaydi, yumshoq to'rli yuza kiyish uchun juda qulay. Bu esa jarayon hali odatiy holga aylanmagan paytda juda muhimdir;

Sizning teringiz nozik va siz uchun prokladka materialining gipoallergen va havo oluvchan bo’lishi muhimmi? Kotex Natural ayollar prokladkalari aynan shunday ayollar uchun yaratilgan. Ular 100% paxtadan tayyorlangan bo’lib, ishlatish uchun xavfsiz va bo'yoqlar hamda xushbo'ylashtirgichlarni o’z ichiga olmaydi;

Ekstra yumshoq prokladkalarni izlayapsizmi? Kotex Ultra Soft butun assortiment ichida eng "nafis"idir. O’ta yumshoq yuzasi va ajoyib so’rish qobiliyati foydalanish jarayonini maksimal darajada qulay qiladi.

Ushbu turlar ichida o'lcham va hajm bo'yicha bo'linish ham mavjud: "normal", "super" va "tungi" (masalan, Kotex Ultra NORMAL). Ular qadoqdagi tomchilar bilan ko'rsatilgan - tomchilar qancha ko'p bo'lsa, so’rish qobiliyati shunchalik yaxshi va prokladka juda ko’p ajratma bo’lgan vaqtlar uchun mos keladi.

Noyob so’rish tizimiga ega bo’lgan NORMAL varianti kritik kunlaridagi o’rtacha ajratmalar uchun mo'ljallangan

Orqa tomoni kuchaytirilgan SUPER varianti intensiv menstruatsiyani boshdan kechiruvchilar uchun mo'ljallangan

TUNGI variant sizni uxlayotganingizda yoqimsiz vaziyatlardan ishonchli himoya qiladi. Ular tez so'radi va boshqa turdagi prokladkalarga qaraganda uzunroq parchaga ega.

Qaysi biridan foydalanish kerak: prokladkalarmi yoki tamponlardanmi?

Gigiena vositalarining har bir turi o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Prokladkalarning ijobiy tomonlari:

  • ularni almashtirish oson, bu maxsus ko'nikmalarni talab qilmaydi;
  • prokladkani almashtirish vaqti kelganini tushunish oson;
  • uxlash paytida ham foydalanish mumkin; toksik shok xavfi ancha past;
  • ginekologik kasalliklarda ishlatilishi mumkin; qinda quruqlikni chaqirmaydi.

Tamponlarning ijobiy tomonlari:

  • teri issiqda dimiqib qolmaydi;
  • kam joyni egallaydi;
  • har qanday ichki kiyim bilan kiyish mumkin;
  • cho’milish paytida ideal;
  • bilinmaydi;
  • yon tomonga surilib ketmaydi.

Afzalliklarni ko’rib chiqish orqali siz o'zingizga mosini tanlashingiz mumkin!

Prokladkalarni qanday qilib to'g'ri ishlatish kerak?

Prokladkalardan foydalanish oson, buning uchun bir nechta qoidalarni bilish kerak:

  1. Prokladkalarni kiyishdan oldin qo'lingizni yuving.
  2. Prokladkani hojatxonada o'tirgan holda almashtirgan yaxshi. Qadoqni ochib, yopishqoq lentani olib tashlang. Prokladkani qayerga yopishtirishni oldindan aniqlab oling. Uning yopishqoq tomonini ichki kiyimning ichki tomoniga bosib, yon qanotlarini qatlang va ichki kiyimning tashqi tomoniga yopishtiring.
  3. Prokladkani o'z vaqtida almashtiring - agar ajratma ko’p bo'lsa, taxminan 4 soatda bir marta yoki undan ham tez-tez.
  4. Prokladkalarni unitazga tashlamang! Bu kanalizatsiyaning tiqilishiga olib kelishi mumkin.

Yotishga tayyorlanayotganda, odatda qanday uxlashingizni eslang – qorin bilanmi yoki orqa bilanmi. Agar qorin bilan bo'lsa, prokladka ichki kiyimning old qismini ko'proq qoplagani yaxshi. Orqa tomon bilan bo'lsa, aksincha.

Xulosalar

Endi siz Kotex prokladkalarini qanday tanlashni va ulardan qanday foydalanishni bilasiz. Ularning afzalligi innovatsionligi, sifati, samaradorligi va xilma-xilligida. Kotex bilan siz har qanday vaziyatda xotirjam va ishonchli bo'lasiz – qanday ish bilan shug’ullansangiz ham, ajratma qanchalik ko’p bo’lsa ham. Kotex mahsulotlarini sotib oling va qulaylik tomon olg’a boring! Ushbu maqolada biz sizga Kotex tamponlarining xilma-xilligi va ulardan qanday foydalanish kerakligini, shuningdek, tamponlar va prokladkalar o'rtasida qanday tanlov qilish kerakligini aytib beramiz.

Kimberly-Clark kompaniyasi ma'lumotlarning to'liqligi yoki to'g'riligiga hech qanday kafolat bermaydi. Ushbu ma'lumot faqat qo'llanma sifatida ishlatilishi kerak va maxsus tibbiy maslahat yoki sog'liqni saqlash mutaxassislarining boshqa tavsiyalarini uzgartirmasligi kerak.